O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Senat raisi Jizzaxdagi BMX trassasi bilan tanishdi
2021-09-16 | Jamiyat
Shuni ta’kidlash joiz, Jizzaxda qurilayotgan ushbu arena 3400 tomoshabinga mo‘ljallangan. Mazkur sport inshooti O‘zbekiston velosiped sporti oilasi uchun yangi bo‘lgan yo‘nalish – BMXga ixtisoslashgan. Majmuadan konferens zal, sport zali, VIP maydon, ikkita tennis korti, ikkita mini-futbol maydoni hamda 100 kishiga mo‘ljallangan mehmonxona ham o‘rin olgan.
E’tirof etish kerak, dunyoda bu kabi jahon standartlariga javob beradigan atigi 32ta BMX ob’yekti mavjud. Kelgusida ushbu majmua velosportning BMX yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining asosiy o‘quv bazasiga aylanadi. Shu maqsadda yaqin yillarda yurtimizga xorijlik malakali mutaxassislarni jalb qilish hamda yoshlarimiz orasida ushbu yo‘nalishni yanada ommalashtirish va rivojlantirish rejalashtirilgan.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi