O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro moliya korporatsiyasi rahbariyati IT -parkga tashrif buyurdi

2021-09-15 | Jamiyat

Bugun, 15-sentabr kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bosh direktori va korporatsiyaning vitse -prezidenti Maxtar Diop boshchiligidagi delegatsiya IT-Parkga tashrif buyurdi.

XMK delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifining asosiy maqsadi - mahalliy kompaniyalar bilan o‘zaro aloqalarini kuchaytirish, startap ekotizim va umuman IT sohasi bilan tanishtirishdir.

Uchrashuvda O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari Oleg Pekos qatnashdi.

Uchrashuv davomida “Datasite Technology”, “Iman Halal Investments”, “Mayasoft”, “Finextra”, “Express24” va “MyTaxi” kabi kompaniyalarning ta'sischilari o'z faoliyatlari haqida gapirib berishdi va o'z loyihalarini taqdim etishdi.  Chet ellik mehmonlar kompaniyalar va loyihalar asoschilariga o'zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va O'zbekiston IT sohasidagi ishbilarmon doiralar bilan yaqindan tanishishdi.

Ma’lmot uchun:

Xalqaro moliya korporatsiyasi  rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy sektorga e'tibor qaratadigan eng yirik global rivojlanish tashkilotidir.

Xalqaro moliya korporatsiyasi 1956-yilda tashkil topgan va u rivojlanayotgan mamlakatlar konvertatsiyasining xususiy sektori bo'lishi mumkinligi haqidagi fikrga asoslanadi. O'shandan beri korporatsiya o'z faoliyatini dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida kengaytirdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться