O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Seulda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida Erkin savdo bitimi bo‘yicha muntazam muzokaralarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi

2021-09-15 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston elchisi Vitaliy Fen Janubiy Koreya savdo, sanoat va energetika vazirligining Erkin savdo bitimlari siyosati bo‘yicha byurosi bosh direktori Yang Gi Uk bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Janubiy Koreya tomonidan hukumatlararo Erkin savdo bitimini (ESB) tuzish bo‘yicha bosh muzokarachi Yang Gi Uk Koreya Respublikasi Prezidenti maʼmuriyati tomonidan O‘zbekiston bilan muzokaralar jarayoniga katta qiziqish mavjud ekanligini maʼlum qildi.

Joriy yil 26-28 aprel kunlari ESB bo‘yicha birinchi rasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda beshta ishchi guruh tovarlar savdosi, savdo uchun texnik to‘siqlar, kelib chiqish qoidalari, bojxona tartibotlari va savdoni yengillashtirish, shuningdek, huquqiy va institutsional masalalar bo‘yicha batafsil muzokaralar o‘tkazdi. Shu bilan birga, tomonlar ikkinchi rasmiy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish uchun ishchi muzokaralarda ham qatnashdi.

Janubiy Koreya tomoni bo‘lajak oliy darajadagi aloqalarga faol tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida maʼlumot berdi. Hukumatlararo Erkin savdo bitimi masalasi ikki tomonlama kun tartibining muhim elementi ekanligini inobatga olinsa, Janubiy Koreya tomoni aniq natijaga erishish uchun barcha harakatlarni amalga oshirishga tayyor ekanligi maʼlum qilindi.  «Prezidentlarimiz joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan onlayn-sammit doirasida Erkin savdo bitimi bo‘yicha rasmiy muzokaralarni boshlab yubordilar va biz ularga birgalikdagi ishlarimizning aniq natijalarini bildirishimiz kerak», - dedi Yang Gi Uk.

Janubiy Koreya tomonidan O‘zbekiston bilan ESB bo‘yicha bosh muzokarachi joriy yilning oktyabr oyi boshida o‘zbekistonlik sheriklar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun mamlakatimizga kelishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida sentyabr oyi oxirida asosiy muzokarachilar o‘rtasidagi muntazam sessiyalararo muzokaralarni tashkil etish hamda ikkinchi rasmiy muzokaralarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться