O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashuv

2021-09-15 | Siyosat

2021-yil 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farxod Arziyev Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlari va inson huquqlari bo‘yicha Byurosining (YXHT DIIHB) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish missiyasi rahbari Ouen Myorfi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va DIIHB o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

DIIHBning tavsiyalarini tatbiq qilish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksini takomillashtirish doirasidagi muvaffaqiyatli hamkorlik ta’kidlandi.

Tomonlar, eng avvalo, inson huquqlari, so‘z, din va e’tiqod erkinligi, gender tengligi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarning huquqiy bazasini ilg‘or xalqaro amaliyot asosida mustahkamlash borasida uzoq muddatli va samarali sheriklikni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. 

Xorijda bo‘lib turgan O'zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishga ko‘maklashish, shu jumladan, saylovda ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o'tish imkoniyatini yaratish, muddatidan oldin sayyor ovoz berish amaliyotini joriy etish va boshqa amaliy chora-tadbirlar bo‘yicha TIV va respublikaning xorijdagi muassasalarining faoliyatiga alohida e‘tibor qaratib o‘tildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться