O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Ernst & Young kompaniyasi vakillari bilan navbatdagi uchrashuv
2021-09-15 | Iqtisodiyot
Moliya vazirligining Zangiota hududiy boshqarmasida Ernst & Young kompaniyasi vakillari hamda Moliya vazirligining biznes-jarayonlarini optimallashtirish loyihasi ishchi guruhi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Ernst & Young tomonidan uchrashuvda O'zbekistonda konsalting amaliyoti bo'yicha hamkor Ruta Makarevichute, O'zbekistondagi biznes konsalting departamenti direktori Asqar Obidov, loyihasi menejeri Gulnara Moldaxmetov, maslahatchilar Kamola Zokirova, Kamila Yusupova, Fariza Negmatova, Albert Galimovlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda loyihaning joriy bosqichlari, maqsadli operatsion modelni tanlash strategiyasi muhokama qilindi. Jumladan, Moliya vazirligining hududiy boshqarmasi tomonidan DMB axborot tizimida mavjud xatolarni bartaraf etish, joriy qog'oz hujjat aylanishini raqamlashtirish, Moliya vazirligining axborot tizimlarini optimallashtirish va ularni vazirlik va hududiy idoralar funksiyalarini takomillashtirish va yaxshilash uchun boshqa tuzilmalarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo'yicha takliflar taqdim etildi.
EY xodimlari taqdim etilgan takliflar bo'yicha o'zlarining og'zaki sharhlarini berdilar va ularning ayrimlarini yuqori darajadagi muhokamalarga taklif qilishdi. Shuningdek, Ernst & Young kompaniyasi tomonidan Zangiota tumani hududiy boshqarmasida joriy ish va biznes-jarayonlarni tashkil etish bo'yicha ekspert baholanib, boshqaruv xodimlarining kundalik asosda yuzaga kelgan muammolar muhokama qilindi.
Har ikki tomon mutaxassislari hamkorlikni yuqori darajada ta'kidladilar, shuningdek, loyiha doirasida belgilangan barcha maqsadlarga erishish uchun yaqin muloqotni davom ettirish istagini bildirdilar.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi