O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ichki ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi

2021-09-15 | Yoshlar

Memorandum yosh avlodning jismoniy va maʼnaviy barkamollikka intilish, jismonan yetuk, kuchli va shijoatli xodimlarni tayyorlash hamda professional va havaskor sportchilar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Turizm va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan sport bilan muntazam shug‘ullanish, mutaxassislarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar, musobaqalar va amaliy tadbirlar tashkil etish, shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, respublika aholisi, jumladan yosh avlodni sportga keng jalb etish, professional va havaskor sportchilar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik qilish maqsadida Memorandum imzolandi.

Shu maqsadda Ichki ishlar vazirligida tashkil etilgan tantanali tadbirda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari B.Abdullayev, Turizm va sport vazirining o‘rinbosari A.Karimov hamda Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sh.Toshmatovlar ishtirok etdi.

Memorandumga muvofiq, hamkorlik tadbirlarining asosiy maqsadlari etib, sport bilan shug‘ullanish, hamkorlikda sport musobaqalarni tashkillashtirish va ularni o‘tkazish, respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli sport musobaqalarida ichki ishlar organlari terma jamoalari va xodimlarining faol qatnashishi bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish, professional va havaskor sportchilar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish va bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish belgilangan.

Tomonlar hamkorlikda sportning texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash turlari bo‘yicha zamonaviy asbob-uskunalar hamda inventarlar bilan taʼminlash, ichki ishlar organlarida jismoniy tayyorgarlikning samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, yakkakurash sport turlarini rivojlantirish hamda turli sport musobaqalarida ichki ishlar organlari sportchilarining qatnashishni tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot-tashviqot qiluvchi hamda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga yo‘naltirilgan ommaviy sport tadbirlari (yurish, yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish, ko‘rgazmali chiqishlar va hokazolar)ni professional va havaskor sportchilarni jalb qilgan holda tizimli ravishda tashkillashtirish, aholini jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish, jumladan mahallalar va ko‘p qavatli uylar orasidagi sport maydonchalar faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish, aholini keng qatlami o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga jalb qilish, odamlarning zamonaviy hayot tarzi va ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy kasalliklar sabablarini tushuntirish hamda ularni profilaktika qilish, sog‘lig‘ini mustahkamlash sohasida professional va havaskor sportchilar ishtirokida va ular misolida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Turizm va sport vazirligi Memorandum doirasida ichki ishlar organlarida jismoniy tayyorgarlikning samaradorligini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, sport turlarini rivojlantirish, sportning texnik va amaliy, harbiy-amaliy, shuningdek, sport turlari bo‘yicha zamonaviy asbob-uskunalar hamda inventarlar bilan taʼminlash, ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkaziladigan sport yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalariga malakali hakamlar bilan taʼminlab berish, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalari xodimlari sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishlari uchun hududiy bolalar va o‘smirlar sport maktablarida maxsus malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarini jalb qilish hamda o‘quv jarayoniga xalaqit bermagan holda haftasiga ikki marotaba shug‘ullanish uchun sharoitlarni yaratish, sportning sambo, qo‘l jangi, fudokan karate va futbol turlari bo‘yicha IIVning ochiq chempionati va kuboklarini o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish, Ichki ishlar organlari tomonidan tashkil etiladigan sport musobaqalariga “Sharq yakka kurashi va jang sanʼati markazi”ning zarur bo‘lgan kuch va vositalarini ajratish, respublika miqyosida o‘tkaziladigan sport musobaqalariga ichki ishlar organlari terma jamoalarini jalb qilish hamda ularni xalqaro musobaqalarga saralash bosqichlariga taklif etish, yoshlar, xususan, bog‘cha yoshidagi bolalarda “jismoniy tarbiya” va sport tushunchasini paydo qilish va ularni qiziqtirish maqsadida “Bolalikdan sportga”, “Tonggi gimnastika”, umumtaʼlim maktablarida “Biz bilan bajar, bizdek bajar, bizdan yaxshiroq bajar!”, sinflararo “Quvnoq startlar”, “Katta yoshdagilar uchun aerobika”, “Boshlang‘ich yoga mashg‘ulotlari”, “Ortiqcha vazndan voz kech!”, mahalla yoshlari o‘rtasida futbol bo‘yicha “Charm to‘p”, “Mahallada futbol”, “Futbolimiz kelajagi”, xodimlar o‘rtasida “Rahbar kubogi”, “Hokim kubogi”, “Bosh vazir kubogi” kabi sport mashg‘ulotlarini hamda oilalar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Otam, onam va men - sportchilar oilasi!” televizion sport musobaqalari, shuningdek, ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o‘rtasida professional va havaskor sportchilarni jalb qilgan holda sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться