O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi

2021-09-14 | Saylov

2021-yil 14-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya Raisi Z.Nizamxodjayev olib bordi.

Majlis kun tartibidan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi,  O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish, O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish hamda Ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish masalalari joy oldi.

Qayd etilganidek, joriy yilning 9-10-sentyabr kuni mazkur siyosiy partiyalar tomonidan tegishli hujjatlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari taqdim etilgan edi. Saylov kodeksining 39-moddasiga binoan, siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligi Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan tuzilgan Ekspertlar guruhi tomonidan tekshirildi.

Qayd etish joiz, Ekspert guruhi a’zolari har bir imzo varaqasini vizual o‘rganish jarayonida, ularning to‘g‘ri to‘ldirilganligiga, tuzatishlar kiritilganligiga, o‘chirib yozilgan tuzatishlar borligiga, turli shaxslar tomonidan to‘ldirilganligiga, o‘xshash imzolar borligiga, tasdiqlangan tuzatishlar borligiga va boshqalarga o‘z e’tiborini qaratishdi.

Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarining to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiruvchi ekspert guruhining xulosasiga asosan taqdim etilgan imzo varaqalari nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun yetarli miqdorda to‘plangan va qonun talablariga mos keladi.

Shundan kelib chiqqan holda, majlis davomida mazkur partiyalar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari qonun talablariga mosligi inobatga olinib, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Varisova Maksuda Azizovna, O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan Abduhalimov Bahrom Abdurahimovich va O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Mirziyoyev Shavkat Miromonovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar etib ro‘yxatga olindi.

Saylov kodeksining 40-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi Nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin besh kunlik muddatda tegishli saylov komissiyasi ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabarni nomzodning familiyasini, ismini, otasining ismini, tug‘ilgan yilini, partiyaga mansubligini, egallab turgan lavozimini (mashg‘ulotining turini), ish va yashash joyini, shuningdek uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiyani ko‘rsatgan holda e’lon qiladi.

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, Saylov kodeksining 33-moddasi hamda Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar qatnashish huquqiga ega. Saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilinganidan so‘ng MSK xorijiy davlatlar saylov organlari va xalqaro tashkilotlarga Tashqi ishlar vazirligi orqali taklifnoma yuboradi. Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar ham saylovlarda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchi sifatida ishtirok etish istagini izhor etib, Tashqi ishlar vazirligiga saylovga kamida o‘n kun qolguniga qdar murojaat etishi mumkin. Tashqi ishlar vazirligi tegishli xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilarining hujjatlarini ilova qilgan holda MSKga taqdimnoma kiritadi. MSK besh kunlik muddatda xalqaro kuzatuvchilarning hujjatlarini o‘rganib chiqib,  akkreditasiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va ularga mandat beradi. Mandat xalqaro kuzatuvchilar saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun asos hisoblanadi

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditasiya qilish to‘g‘risidagi MSK qaroriga muvofiq Yaponiya, Gruziya, Rossiya Federasiyasi, Tatariston va Belarus Respublikalaridan 6 nafar xorijiy kuzatuvchi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Komissiya a’zolari tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqildi va  Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan yana 5 ta mahalliy ommaviy axborot vositasining jami 23 nafar vakili akkreditasiyadan o‘tkazildi. Endilikda akkreditasiyadan o‘tkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari jami 930 nafarni tashkil etmoqda.

Majlis so‘ngida kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Manba: Markaziy saylov komissiyasi

Поделиться