O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahar Yashnobod tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

2021-09-13 | Jamiyat

Bugungi kunda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqish va fuqarolarni muammosini hal etish, ertangi kunga ishonchni oshirish maqsadida tashkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etib, bugungi kunda soha xodimlari tomnidan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida qonuniy hal etib kelinmoqda.

Toshkent shahar Yashnobod tumani, “Olmos” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan aholini sohaga ta’luqli muammo va kamchiliklarini o‘rganish hamda tezkor choralar ko‘rish, ularni hal etish maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi,  Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy inspeksiyasi, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtrokida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Ushbu sayyor qabulni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mobil aloqa qamrovini yaxshilash, Internet xizmatlarini sifatli joriy etish, pochta xizmatlari, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish hamda har bir murojaat ortida inson taqdiri borligiga alohida e’tibor qaratilayotganligi  ta’kidlab o‘tildi.

Tushgan murojaatlarni aksariyati ishchi gurux tomonidan shu kuning o‘zida joyiga chiqan holda o‘rganib chiqildi va aloqa tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etildi. Shuningdek, har bir murojaatchining murojaatlari o‘rnatilgan tartibda nazoratga olindi. O‘rganish talab qilinadigan masalalar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun tegishli soxa korxonalari rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться