O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sirdaryoda 190 780 ta kadastr hujjati elektron shaklga keltirildi
2021-09-13 | Jamiyat
Hozirda Sirdaryo viloyati tuman va shaharlaridagi 198 158 ta turar va noturar joy ob’ektlarining 190 780 ta kadastr hujjatlari hamda hisobga olingan abris hujjatlar elektron shaklga keltirildi. Shundan tashkilot va idoralararo ma’lumotlar almashinuvi uchun yaratilgan maxsus dasturga 179 604 ta raqamlashtirilgan kadastr hujjatlari kiritilgan.
Ayni damda viloyatda qolgan ob’ektlarning ham kadastr hujjatlari raqamlashtirib borilyapti. Mazkur jarayonida kamchiliklari mavjud bo‘lgan hujjatlar to‘g‘irlanmoqda.
Manba: O'zA