O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro seminar qatnashchilari: Korrupsiyaga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li - bu ochiqlikni taʼminlash va jamoatchilik nazaratini kuchaytirishdir

2021-09-13 | Jamiyat

Poytaxtimizda  davom etayotgan «Korrupsiya va faktlarni tekshirish» mavzusidagi xalqaro trening ishtirokchilarining Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov bilan muloqoti chog‘ida ushbu fikr o‘rtaga tashlandi.

«Masalan, hozir yer ajratish auksion savdolari asosida olib borilmoqda, avvallari bu boshqacha edi. Hokimlarning yer ajratib berishga huquqi yo‘q. Bu jarayonlarning barchasi qonuniy tartibda amalga oshirilmoqda», - dedi Davron Hidoyatov viloyatda korrupsiyaga qarshi qo‘llaniyotgan chora-tadbirlar mavzusiga bag‘ishlangan uchrashuvda.

Viloyat hokimi, shuningdek, Nurafshon shahrida bunyod etilayotgan «Smart City» bosh rejasi haqida so‘zlab berdi.

Seminarning boshqa bir qismida Buyuk Britaniyaning “Xalt biznes” maktabi professori Hamid Ergashev ishtirokchilar uchun «Biznes va moliya sektorida audit va qonun-qoidalarga asoslangan faoliyat» mavzusida onlayn shaklda maʼruza qildi.

Notiq auditning roli, tashqi va ichki audit, auditning hozirgi tendensiyalari va muammolari, auditda sunʼiy intellektdan foydalanish kabi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Xalqaro seminar davom etmoqda.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться