O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tadbirkorlar murojaati – amaldagi islohotlar ko‘zgusi

2021-09-13 | Jamiyat

Qarshi shahridagi “IT Park”da Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari B.Axmedov hamda vazirlik va idoralari rahbarlari, boshqarma, tashkilot va muassasalar, shahar va tumanlar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari hamda tadbirkorlar ishtirokida “Davra suhbati” videokonferens aloqa shaklida o‘tkazildi.

Davra suhbatida viloyat, shahar va tumanlar studiyasidan 330 nafar tadbirkor hamda viloyat mutasaddi tashkilotlari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirokida joriy yilning 20 avgust kuni bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotning davomi ekanligi va Yangi O‘zbekiston siyosatida tadbirkorni rozi qilish va qo‘llab-quvvatlash har bir rahbarning asosiy vazifasi ekanligi ta’kidlandi.

Qariyb 3,5 soat davom etgan muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan jami takliflar va muammolar muhokama qilinib, respublika vazirlik va idoralari miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan tizimli muammoli masalalar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berildi.

Aytish joizki, keyingi yillarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida hukumat tomonidan 1 ming 400 dan ortiq farmon va qarorlar bilan imtiyoz va preferensiyalar berildi. Xususan, pandemiya davrida 17 ta farmon va qaror imzolandi. Buning natijasi o‘laroq oxirgi besh yilda Qashqadaryoda tadbirkorlar soni 2 baravarga oshdi. Jumladan, hozirda viloyatda 60 ming 724 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyat yuritmoqda. Kichik biznes sub’ektlarining viloyat yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 2016 yildagi 64,8 foizdan 71 foizga yetdi. Soliq tushumidagi ulushi 22 foizdan 58 foizga (+ 532 milliard so‘m) o‘sdi.

Yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil qilishning yillik ko‘rsatkichi o‘rtacha 1 ming 600 tadan, 10 ming taga (+ 8400 ta) ko‘tarildi.

Tahlillarga ko‘ra, 2016 yilda kichik biznes sohasida band bo‘lganlar 944 ming kishini tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda bu sohada  980 ming kishi band (+ 36 ming kishi). Pandemiya davrida viloyatdagi 51,5 mingta tadbirkorga 6,7 trillion so‘mlik imtiyoz va preferensiyalar berildi, 5 ming 786 tasini 576 milliard so‘mlik kreditlarining to‘lov muddati uzaytirildi.

Joriy yilning 8 oyida jami 7 ming 471 ta yangi sub’ekt tashkil qilindi, 1 ming 398 tasining faoliyati qayta tiklandi. O‘tgan davrda ularga 2 trillion so‘mga yaqin bank krediti ajratildi.

Ta’kidlash lozimki, mamlakat rahbari joriy yilning 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot” shaklida  uchrashib, tadbirkorlikni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida  7 ta eng muhim yo‘nalishlarni belgilab berdi.

Jumladan, biznesni moliyalashtirish va kreditlash, soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirish, tadbirkorlik uchun yer ajratish, tadbirkorlarning investitsiya loyihalarini zarur infratuzilma bilan ta’minlash, eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha savdo va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashuvlarni qisqartirish, ularda huquqiy mulk daxlsizligini ta’minlash ustuvor vazifalar etib belgilandi.

Ushbu vazifalar ijrosi doirasida viloyatda hozirgacha 64 ta tadbirkorlik sub’ektining 10,7 milliard so‘mlik snosdan bo‘lgan qarzdorliklari to‘liq to‘lab berildi. Belgilab berilgan yo‘nalishlar bo‘yicha viloyatda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan alohida “YO‘L XARITA” ishlab chiqilib amalga oshirilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Prezident bilan uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida Respublika “call” markaziga viloyatdan 1 ming 363 nafar tadbirkor tomonidan savol va muammolar o‘rtaga tashlandi.

Viloyat, tuman, shahar hokimliklari va mutasaddi tizim rahbarlari bilan hamkorlikda 24 iyuldan bo‘yon 1 ming 356 ta tadbirkorning masalasi hal qilindi.

Manba: O'zA

Поделиться