O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Minsk shahrida aloqa sohasidagi Mintaqaviy Hamdo‘stlik ijroiya qo‘mitasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2021-09-13 | Siyosat
Belarus Respublikasining Minsk shahrida, “Belpochta” Respublika Unitar Korxonasida Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vaziri Shulgan K.K. va Aloqa sohasidagi Mintaqaviy Hamdo‘stlik (ASMH) Ijroiya qo‘mitasi Bosh direktori Muxitdinov N.N., ASMH Ijroiya qo‘mitasi Bosh direktor o‘rinbosari Zorya N.Y., hamda ASMH normativ hujjatlarini qayta ko'rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh raisi “UNICON.UZ” DUK direktori Maxmudov M.M., ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida, aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha mamlakatlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari va Aloqa Sohasidagi Mintaqaviy Hamdo‘stlikning bu boradagi o‘rni hamda ASMHning 30 yilligi nishonlanishi muhokama qilindi.
Shu bilan bir qatorda, ASMH Ijroiya qo‘mitasi bosh direktori mintaqada telekommunikatsiya infratuzilmasi va axborot-kommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishda ishtirok etayotgan Belarus Respublikasining yetakchi mavqeiga, shuningdek, ASMH ishchi organlari faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuv doirasida 2021-yil 22-24 noyabr kunlari Toshkent shahrida (O‘zbekiston Respublikasi) o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ASMH huzuridagi axborotlashtirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashi va ASMH aloqa ma’muriyatlari rahbarlari Kengashining navbatdagi 57/27-qo‘shma Majlisiga tayyorgarlik ko‘rishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, ASMH Iroiya qo‘mitasi bosh direktori joriy yilning avgust oyida Kot-d’lvuarning Abidjan shahrida bo‘lib o‘tgan 27-Umumjahon pochta kongressi doirasidagi saylovda Belarus Respublikasini Sharqiy Yevropa va Shimoliy Osiyo mintaqasidan Umumjahon pochta ittifoqining ma’muriy kengashi tarkibiga saylanishini yuqori baholadi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi