O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratildi

2021-09-13 | Jamiyat

Maʼlumki, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-martdagi 122-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash hamda ularga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida Nizom”i asosida amalga oshirilib kelinmoqda.

Joriy yil yanvar oyidan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi respublikamizning butun hududiga joriy etilgan bo‘lib, bugungi kunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga 13 ta vazirlik va idoralarning elektron axborot bazalaridan olinadigan 40 turdagi axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.

Shu bilan birgalikda, fuqarolarning bolalar nafaqasi va moddiy yordam masalasida kelib tushayotgan murojaatlarini kamaytirish, shuningdek fuqarolarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilishda, shuningdek maʼlumot olishlarida qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi DUK tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimidan maʼlumot olish bo‘yicha maxsus

telegram bot - @sr_mf_uzbot ishga tushirildi.

Ushbu maxsus telegram botda:

- “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi haqidagi maʼlumotlar;

- bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun berilgan arizalarning holati to‘g‘risida;

- bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi;

- bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash rad qilinish sabablari;

- bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari kabi malumotlar o‘rin olgan.

Shuningdek, maxsus telegram botga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash bo‘yicha eng ko‘p kelib tushayotgan savollar javoblari bilan birgalikda o‘zbek va rus tillarida joylashtirilgan.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться