O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligi: Qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda qabul qilishda sifat va samaraga e'tibor berish, ortiqcha xarajatlardan voz kechish lozim

2021-09-12 | Jamiyat

Joriy yilning 11-sentabr kuni Adliya vazirligi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda “Tartibga solish ta'sirini baholash tizimining mamlakat rivojidagi o‘rni va roli” mavzusida vazirlik va idoralar rahbarlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda parlament va hukumat a'zolari, 50 dan ortiq vazirlik va idoralarning rahbarlari, norma ijodkorligi subyektlari, shuningdek Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – Alkis Drakinos, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining maslahatchisi, tartibga solish ta'sirini baholashga ixtisoslashgan “Jacobs, Cordova and Associates” xalqaro konsalting tashkiloti katta direktori – Sezar Kordova ma'ruza bilan ishtirok etdi.
 
Xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘tkazilgan mazkur seminarni tashkil etishdan maqsad vazirlik va idoralar rahbarlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish ta'sirini baholashga oid bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalarini oshirish. Ushbu sohada O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar va ularning huquqiy asoslari, dastlabki natijalar va rivojlangan davlatlar tajribasi bilan tanishtirishdan iborat.
 
Ma'lumot uchun aytish joizki, bunday tartib-taomil xalqaro amaliyotda, XX asrning 60 yillaridan qo‘llanila boshlangan. Bugungi kunda Buyuk Britaniya, Daniya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Rossiya, Qozog‘iston kabi 60 dan ortiq davlatlarda samarali yo‘lga qo‘yilgan.
 
Mazkur tartib-taomilni qo‘llashdan asosiy maqsad – davlatning sifatli va muvozanatlashgan normativ-huquqiy bazasini yaratishdan iborat. Ya'ni, ortiqcha xarajat va muddat, qog‘ozbozlik, byurokratik to‘siqlardan holi bo‘lgan qonun hujjatlarini qabul qilinishi ta'minlaydi.
 
Tadbirda “Jacobs, Cordova and Associates” xalqaro konsalting tashkiloti katta direktori Doktor Kordova tartibga solish ta'sirini baholashga oid xorijiy mamlakatlar amaliyoti, jarayondagi qiyinchiliklar va mazkur tizimni joriy etishning zamonaviy yo‘nalishlari haqida gapirib o‘tdi.
 
Doktor Kordova ma'ruzasida qonunchilik hujjatlari ta'sirini baholash muayyan qonunchilik hujjatini qabul qilish orqali jamiyat hayotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarni va tadbirkorlarga ortiqcha xarajat yuklashni oldini olishga, eng muhimi kam xarajat evaziga samarali, natijador va albatta barcha uchun maqbul bo‘lgan qarorlar qabul qilishga imkoniyat yaratadi.
 
Seminarda, “aqlli tartibga solish” usullarini qo‘llash hisobiga Germaniyada 2000-2005 yillarda 10,5 milliard yevro, Avstraliyada 2013-2015 yillarda 4,5 milliard avstraliya dollari, Rossiyada 2020 yilda 2,5 trillion rubl' miqdoridagi ortiqcha xarajatlarning oldi olinganligi ta'kidlab o‘tildi.
 
Shuningdek, tadbirda Adliya vazirligi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan amalga oshirilayotgan “Gender jihatdan tartibga solish ta'sirini baholash” bo‘yicha loyiha ham taqdim etildi.
 
Seminarda O‘zbekistonda qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta'sirini baholash tizimi, amalga oshirilgan islohotlar, o‘tgan davr mobaynida erishilgan dastlabki natijalar haqida aytib o‘tildi. Jumladan, joriy yilda Adliya vazirligiga ekspertizaga kelib tushgan qonunchilik loyihalarining 170 tasida (11 foizida) tadbirkorlarga ortiqcha  va qo‘shimcha xarajatga olib kelishi mumkin bo‘lgan 220 dan ortiq huquqiy normalar aniqlangan va ularning qabul qilinishining oldi olingan.
 
Umuman olganda, tartibga solish ta'sirini baholashda normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning uchta muhim yo‘nalishga – iqtisodiyotga, ijtimoiy sohaga, ekologiya va atrof-muhitga ta'siri chuqur va kompleks aniqlanadi.
 
Bu esa, sifatli va samarali, ortiqcha xarajatsiz qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqilishi va qabul qilinishini ta'minlaydi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться