O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro yuridik firmalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2021-09-11 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori L.Qudratovning “GST LLP” (AQSh), “Global Advocacy” (BAA), “Canada Quality Experts” (Kanada), “Centre for Mediation and Arbitration” (Livan) kabi xalqaro yuridik firmalar va tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ishtirokchilariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar va o‘zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish va investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha qilinayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida ma'lumot berildi.
 
Uchrashuv chog‘ida investitsiyalarni jalb etish, investitsiyaviy nizolarni hal etishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, biznes sohasidagi huquqiy bazani mustahkamlash sohasida amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
 
Toshkent xalqaro arbitraj markazining (TIAC) tashkil etilishi bilan investitsiyaviy va tijorat nizolarni tezkor hal qilish uchun samarali platforma yaratilganligi ta'kidlandi.
 
Tadbir yakunlari bo‘yicha tomonlar ko‘rib chiqilgan tashabbuslar va muhokama etilgan masalalar doirasida yanada faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться