O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” mavzusida III-xalqaro konferensiyasi

2021-09-11 | Iqtisodiyot

2021-yil 9-sentabrda Toshkentda “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” mavzusida III-xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya tashkilotchilari Rossiyaning yetakchi kompaniyalaridan biri Sbonds kompaniyasi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Rossiyaning yetakchi banklari Gazprombank, Sovkombank, Qozog‘iston Respublikasining Xalq banki hamkorligida tashkil etildi.
 
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasining moliya bozori, mahalliy kompaniyalarning jahon bozorlariga chiqishi va mamlakatga investisiya jalb qilish imkoniyatlari, shuningdek, mahalliy qimmatli qog‘ozlar bozorining rejalari va istiqbollari muhokama qilindi.
 
Tadbirninig kirish nutqini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isakov Rustamovich ochib berdi. O.Isakov o‘z nutqida mahalliy fond birjasi orqali ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifini quyish orqali, davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishni rag‘batlantirish, emitentlar sonini ko‘paytirish, yangi moliyaviy mahsulotlarni joriy etish va korporativ boshqaruvni takomillishtirish bugungi kunning dolzarb vazifasi ekanligini ta'kidlab o‘tdi.
 
Qo‘yilgan vazifalarga muvofiq:
 
- kelgusi 3 yil ichida 15 ta IPO kutilayotganligi, shulardan 5 tasi davlat banki, 3 ta sug‘urta kompaniyasi hamda metallurgiya va boshqa kompaniyalarga tegishli ekanligini aytib o‘tildi.
 
- oltin uchun ETF, ipoteka obligasiyalari, sukuk obligasiyalari
 
- inflyasiyaga bog‘langan obligasiyalarini chiqarilishi,
 
- qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi bilan xalqaro depozitariy o‘rtasida, mahalliy fond birjasi va valyuta birjasining o‘zaro bog‘liqligi takomillashadi
 
- depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratishni ta'kidlandi.
 
Vazir o‘rinbosari so‘zining yakunida, boshqa davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, qonunchilik bazasini yaratish muhim ahamiyat kasb etishini, ayni paytda “Kapital bozori to‘g‘risida”gi qonun, xalqaro komissiyalar tashkiloti (IOSCO) tamoyillariga asoslangan holda loyiha ustida ish olib borilayotganligi haqida to‘xtalib o‘tildi.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться