O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Majburiy mehnatga qarshi kurashish kichik komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021-09-10 | Jamiyat

Unda vazir Nozim Xusanov, kichik komissiya a’zolari, tegishli vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, hududiy boshqarmalar, Davlat mehnatinspeksiyasi xodimlari, shuningdek, Xalqaro Mehnat Tashkilotining vakillari ishtirok etdilar. 

Yig‘ilishda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, majburiy mehnatga qarshi kurashish kichik komissiyasi raisi Nozim Xusanov joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish, yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan terib olish, terimchilarni jalb qilish hamda  milliy va xalqaro mehnat standartlariga amal qilgan holda monitoring ishlarini tashkil etish masalalari to‘g‘risida so‘z yuritdilar.

Shuningdek tadbirda, Oliy Majlis Senati vakili Quvondiq Muqimov, Xalqaro Mehnat Tashkilotining Uchinchi tomon monitoring loyihasi katta eksperti Yonas Astrup, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakillari kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirilar.

Shu bilan birga, yig‘ilishda paxta hosilini yig‘ib olishda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, ish beruvchilar, jumladan, fermer va klaster rahbarlarining majburiy mehnat borasidagi bilimlarini oshirish, shuningdek, paxta yetishtirishda  davlat ishtirokini kamaytirish va bu orqali qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish, qolaversa, yig‘im-terim mavsumida axborot kampaniyalarini tashkil etish hamda mustaqil kuzatuvchilarga paxta yetishtirishni monitoring qilib borish ishlarini davom ettirish borasidagi masalalar muhokama qilindi.

Tadbir davomida joriy yil paxta yig‘im-terimi mavsumida dalalarda erkin monitoring olib borishlari uchun 17 nafar huquq faollariga vazirlik tomonidan maxsus ruxsatnomalar topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Поделиться