O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Мustaqilligimizning 30 yilligini nishonlash arafasida qibray tumanidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan binoda xayriya tadbiri doirasida muassasa bolalariga “super leo” kitoblari topshirildi
2021-09-09 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligini nishonlash arafasida Toshkent viloyati Qibray tumanidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan binoda xayriya tadbiri doirasida muassasa bolalariga Energetika vazirligi va “ERIELL Group” tomonidan chop etilgan “Super Leo” kitoblari topshirildi.
“Super Leo” – energiya samaradorligi va energiya tejamkorlik haqida bilimlarni oshirishga qaratilgan xayriya nashri loyihasi hisoblanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat va uning boyliklarini yoshligidan boshlab tushunish, hurmat qilish va muhofaza qilishga, atrof-muhitni asrashga qanday hissa qo‘sha olishlariga yordam beradi. Kitobda yosh kitobxonlar tabiiy resurslarni qazib olish, elektr energiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish hamda iqlim o‘zgarishi kabi tushunchalarga ega bo‘ladilar.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda 51 nafar o‘quvchi tarbiyalanayotgan ushbu bolalar uyi 1962-yilda tashkil etilgan. Bir yarim oy ichida ushbu binoda kompaniya tomonidan bolalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratadigan yirik ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi