O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari o‘rtasida hamkorlik yana-da mustahkamlanmoqda

2021-09-09 | Turizm

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ko‘pgina sohalarda o‘rnatilgan o‘zaro aloqalar tobora rivojlanib bormoqda. Xususan, Samarqanddagi "Ipak yo‘li" turizm xalqaro universiteti bilan Yaponiyaning Toyo universiteti o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolashga doir kelishuvga erishildi.

Mazkur memorandum fan va taʼlim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘lib, u yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning Yaponiyaga tashrifi doirasida Toyo universiteti prezidenti Esuko Yaguchi va xalqaro aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti Kazuo Takaxasi bilan muzokaralar olib borilgan edi. 

Bundan tashqari, E. Yaguchi Yaponiya universiteti respublikamiz oliy o‘quv yurtlari bilan talabalar almashinuvi (bakalavr va magistratura)ni yo‘lga qo‘yish, Ipak yo‘lini birgalikda o‘rganish, shu jumladan, adabiyot almashish va masofaviy taʼlimni joriy qilish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini alohida taʼkidlagan.

Muloqot so‘ngida Toyo universiteti prezidenti E.Yaguchi shu yilning 14-15 sentyabr kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari chorrahasida" xalqaro madaniy forumiga, shuningdek, O‘zbekiston va Yaponiya rektorlarining navbatdagi forumiga taklif etilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi

Поделиться