O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gretsiya Elchisi bilan uchrashuv

2021-09-08 | Siyosat

2021-yilning 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov  Gretsiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskva shahrida joylashgan) Yekaterini Nassika bilan uchrashuv o‘tkazdi.

G‘.Fozilov Elchini yuqori va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va uning faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ta’lim, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida O‘zbekiston-Gretsiya munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali, jumladan, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться