O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi to‘g‘risida

2021-09-08 | Siyosat

2021-yil 8-sentabr kuni Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar tashqiishlar vazirlarining uchrashuvi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi.

Pokiston Tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I, Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiyev ishtirok etdi.

Uchrashuv qatnashchilari Afg‘oniston suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini, shuningdek, tinchlik, xavfsizlik, milliy yarashuvni ta’minlash, Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaslik va barqaror rivojlanish tamoyillari tarafdori ekanligini bildirib, mamlakat kelajagi o‘z xalqi tomonidan belgilanishi kerakligini qayd etdilar.

Ta’kidlanganidek, barqaror, tinch va farovon Afg‘oniston butun ko‘p millatli afg‘on xalqi va jahon hamjamiyati manfaatlariga javob beradi.

Afg‘oniston bilan barqaror xalqaro aloqalar, ayniqsa, uning gumanitar rivojlanish ehtiyojlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Umumiy muammolarni hal etishhamda tinchlik, xavfsizlik, barqarorlik, mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik va iqtisodiy integratsiyani qo‘llab-quvvatlashmaqsadida qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik hamdayaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga intilish uchun birgalikda harakat qilish zarurligi ta’kidlandi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться