O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
MDHga a'zo davlatlarning buxgalteriya hisobi bo'yicha Muvofiqlashtirish kengashning XVIII yig'ilishi
2021-09-08 | Siyosat
2021–yil 7-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi moliya vazirligi xodimlari MDHga a`zo davlatlarining buxgalteriya hisobi bo'yicha Muvofiqlashtirish kengashning (Rossiya Federatsiyasi) XVIII yig'ilishida videokonferensiya shaklida ishtirok etishdi.
MDHga a'zo davlatlarning buxgalteriya hisobi bo'yicha Muvofiqlashtirish kengashning XVIII yig'ilishi mustaqil davlatlar Hamdo'stligi tashkil topganligining 30 yilligi yilida bo'lib o'tmoqda va ushbu muhim sanaga bag'ishlangan.
Muvofiqlashtirish kengashining yig'ilishida Muvofiqlashtirish kengashi a'zolari, buxgalteriya hisobi va audit masalalarini tartibga soluvchi MDHga a`zo davlatlar – Ozarbayjon Respublikasi, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, O'zbekiston Respublikasidan vakillar ishtirok etishdi.
Yig'ilishda MDH Ijroiya qo'mitasi va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi vakillari ham ishtirok etdilar.
Yig'ilish davomida 2022-yil uchun Muvofiqlashtirish kengashining vazifalari belgilandi. Yig'ilish ishtirokchilari quyidagilarning milliy tartibga solish tizimlarini rivojlantirish bo'yicha tajriba almashdilar:
buxgalteriya hisobi, shu jumladan, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish, shuningdek, milliy xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning konsolidatsiyalangan moliyaviy hisoboti to'g'risidagi bitimni amalga oshirish;
auditorlik faoliyati, shu jumladan auditning xalqaro standartlarini qo'llash, MDHga a'zo davlatlarda auditorlik xizmatlari bozorining holati;
jinoiy yo'l bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish (yuvish) va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda MDHga a'zo davlatlarning auditorlik faoliyati.
Muvofiqlashtirish kengashi yig`ilishi ishtirokchilari Muvofiqlashtirish kengashning XVIII yig`ilishini tashkil etilganida MDH ijroiya qo'mitasiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi