O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nuroniylar «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida

2021-09-08 | Jamiyat

«Nuroniy» jamg‘armasi Respublika boshqaruvi tashabbusi bilan «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga poytaxtlik 70 nafarga yaqin nuroniylarning sayohati tashkil etildi.

Tadbir avvalida «Nuroniy» jamg‘armasi hovlisida yig‘ilgan otaxonu onaxonlar bilan jamg‘arma raisi Sodiqjon Turdiyev dildan suhbatlashdi. Suhbat davomida ta’kidlanganidek, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan istiqlolimizning o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan majmua bizga yana bir bor Vatanimizning shonli tarixi haqida so‘zlab, keksalar nasihat qilganiday bugungi dorilomon kunlarga shukr qilishga chorlaydi.»

Yangi O‘zbekiston» bog‘i o‘zgacha go‘zallikka burkangan. Ko‘chatlar ekilgan, atrof uzoq va yaqin o‘tmishimizdan so‘ylaydi, milliy davlatchiligimizning o‘ziga xos ramzlarda aks ettirilgan. Majmuaning g‘oyaviy va me’moriy o‘ziga xosligi ham shunda. Bugun esa mazkur bog‘ nuroniylar bilan gavjum bo‘ldi.

Bog‘ tomon zamonaviy avtobusda yo‘lga tushgan nuroniylar barchasiga o‘zlari guvoh bo‘lishga oshiqishdi. Manzilga yetib kelganlarida esa tabiiyki, har bir sayohatchining ko‘zi dastlab monumentning eng yuqori qismidagi tinchlik va erkinlik, ezgulik va farovonlik timsoli bo‘lgan, ko‘kda mag‘rur parvoz qilayotgan Humo qushi tasviriga tushdi. Bog‘ning markaziy qismida esa muhtasham badiiy obida – Mustaqillik monumenti barpo etilgan. O‘zbekistonimizning qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kunga qadar yuz bergan eng muhim voqealar muhrlangan yodgorlik keksayu yoshning xayolini moziyga olib qochadi.

— Bayram kunlari oynai jahon orqali «Yangi O‘zbekiston» bog‘i va Mustaqillik monumentining ochilish marosimini tomosha qilib, Yurtboshimizning nutqlarini eshitganimda mazkur bog‘ga tashrif buyurishni niyat qilgandim, — deydi mehnat faxriysi Shoira Umarova. — Shu sabab bugungi sayohatning tashkil etilganidan juda xursandman. Majmuada buyuk sarkarda va jahongirlar, alloma va mutafakkirlar, jadid bobolarimizning o‘lmas siymolari aks ettirilgan, O‘zbekistonning sobiq mustabid tuzum davridagi og‘ir va mashaqqatli hayoti, qatag‘on siyosati, xalqimizning Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorat va matonati ta’sirchan lavhalarda ifodalangan.

Unda milliy davlatchiligimizning ramzi bo‘lgan Sohibqiron Amir Temur saltanatining moviy gumbazi, yulduzlar olamiga qarab yuksalgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, dunyo ilm-fani va sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ mutafakkir bobolarimizning eng nodir ilmiy kashfiyotlari o‘zining bor mahobati va shukuhi bilan ko‘z oldimizda yaqqol namoyon bo‘lib turibdi.

Bog‘da poytaxt aholisi, barcha hududlarimiz va xorijdan keladigan mehmonlar yayrab dam olishi, oilasi, farzandlari bilan birga mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilmoqda.

Nuroniylar sun’iy ko‘l, sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, amfiteatr, favvoralar, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari, hunarmandchilik do‘konlari tashkil etilayotgani ko‘rib, odamlarning hayoti yanada farovonlashib borayotganini ta’kidlashdi.

Manba: O'zA

Поделиться