O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston elchisi Podshoh Salmon gumanitar yordam markazi rahbarining o‘rinbosari bilan avval erishilgan kelishuvlarni hayotga tadbiq etish masalalarini muhokama qildi

2021-09-08 | Siyosat

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Ulug‘bek Maqsudov Podshoh Salmon gumanitar yordam markazi Bosh direktorining amaliyot va dasturlar bo‘yicha o‘rinbosari Ahmad bin Ali al-Bayz bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda Podshoh Salmon gumanitar yordam markazi tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ro‘yxatidan o‘tgan vaksinalardan biri hamda zamonaviy tibbiyot jihozlarini mamlakatimizga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Suhbat avvalida Ulug‘bek Maqsudov joriy yil 23-avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Saudiya Arabistoni Podshohligi tashqi ishlar bo‘yicha davlat vaziri Odil al-Jubayr o‘rtasida videomuloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarning amaliy natijalariga eʼtibor qaratdi. Elchi mazkur uchrashuvda Saudiya tomoni dunyoda keng tarqalayotgan koronavirusga pandemiyasini inobatga olib, O‘zbekistonga Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ro‘yxatidan o‘tgan vaksinalarning birini jalb qilish masalasini ko‘rib chiqishini qayd etganiga to‘xtaldi.

Saudiya tomoni bilan ilgari o‘tkazilgan uchrashuvlarda muhokama etilganidek, ushbu Markaz tomonidan 2021-yil davomida 100ta yurak jarrohlik operatsiyasiga muhtoj bemorlarga ushbu amaliyotni o‘tkazish maqsadida jarrohlar guruhini respublikaga yuborish hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga zamonaviy tibbiyot uskunalarni beg‘araz yetkazib berish masalalari xususida ham atroflicha fikr almashildi.

Muloqot davomida Orol muammosini hal etishga doir qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Orol muammosining dunyo miqyosidagi ahamiyati, BMT minbarlaridan bu muammoni birgalikda hal qilishga jahon hamjamiyatini jalb etish bo‘yicha daʼvatlar, mintaqada yashovchi aholi turmush tarzini har tomonlama yaxshilash bo‘yicha hukumat darajasida olib borilayotgan keng ko‘lamdagi ishlar, Orolbo‘yi mintaqasi uchun BMTning inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik trast jamg‘armasining faoliyati Saudiya tomonining yuqori qiziqishiga sabab bo‘ldi.

Muzokaralar yakunida muhokama qilingan masalalar va avval erishilgan kelishuvlarning amaliy jihatdan hayotga tadbiq etilishini jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Maʼlumot tariqasida qayd etish o‘rinliki, O‘zbekiston elchisining Podshoh Salmon gumanitar yordam markazi Bosh direktorining amaliyot va dasturlar bo‘yicha o‘rinbosari Ahmad bin Ali al-Bayz bilan uchrashuvi Saudiya ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritildi. Xususan, Podshohlikning asosiy axborot manbalaridan bir - «Saudi Press Agency» saytida «Podshoh Salmon gumanitar yordam markazi Bosh direktorining o‘rinbosari O‘zbekiston elchisi bilan uchrashdi» sarlavhali axborot materiali eʼlon qilindi.

 Saudiya axborot agentligi xabarida taʼkidlanganidek, tomonlar uchrashuvda gumanitar yordam masalalari bilan bog‘liq umumiy manfaatlar va ularni mustahkamlash yo‘llarini muhokama qildilar.

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться