O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzax viloyatida IT-sohasidagi startap loyihalar moliyalashtirildi

2021-09-08 | Jamiyat

So‘ngi yillarda yurtimizda IT-sohasini rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. IT-sohasida uzluksiz ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, yoshlarni IT-sohasiga qiziqtirish va bu yo‘nalishda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Jizzax viloyatida ham o‘zing IT-sohasida startap loyihalariga ega bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning loyihalarini hayotga tadbiq etish maqsadida 9 nafar yoshlarning loyihalari tanlab olindi va “Yosh tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mlrd.so‘m miqdorda foizsiz kredit mablag‘lari ajratib berildi.

Shu munosabati bilan IT Park Jizzax filiali ushbu mablag‘larni qo‘lga kiritgan yoshlarga sertifikatlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi va IT-Park Jizzax filiali rahbar va xodimlari ishtirok etdi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться