O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning 10 ta oliy ta’lim Muassasasi Times Higher Education tomonidan e’tirof etildi

2021-09-07 | Ta’lim

Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting agentligi – Times Higher Education tomonidan dunyoning yetakchi universitetlari reytingi e’lon qilindi.

Avvalgi reytinglardan farqli ravishda e’lon qilingan reytingga ilk bor yangi turdagi maqomga (reporter*) ega bo‘lgan 450 ta oliy ta’lim muassasalari ham kiritildi. E’tiborli jihati, mazkur maqomga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasalariga o‘rinlar berilmadi va ularning ro‘yxati alfavit tartibida aks ettirildi. 
Mazkur ro‘yxatda O‘zbekistonning quyidagi 10 ta oliy ta’lim muassasasi ham joy oldi: https://www.edu.uz/uz/news/view/2787

*Reporter maqomi reytingga kirish uchun faol ishlari bilan Times Higher Education reyting agentligini e’tirofiga sazovor bo‘lgan oliy o‘quv yurtlariga berildi. Mazkur ro‘yxatdagi oliy ta’lim muassasalari dunyoning nufuzli oliygohlariga kirish uchun nomzod sifatida tan olinib, mazkur yo‘nalishda Times Higher Education ularga yaqindan yordam berishga tayyor ekanligi bayon etildi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan

“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi”da 2030-yilga qadar respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish belgilangan bo‘lib, hozirgi kunda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur yo‘nalishda milliy oliy ta’lim muassasalariga tashkiliy, metodik va amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Поделиться