O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

А.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali ilk talabalarini qabul qildi.

2021-09-07 | Ta’lim

Soʼnggi yillarda, Oʼzbekistonda maktabgacha taʼlim soxasida ulkan isloxotlar olib borilmoqda. Oʼzbekiston Respublikasining taʼlim tizimini takomillashtirishga qaratilgan mazkur chora-tadbirlar uning nafaqat tarkibini, balki strukturasini xam oʼzgartirdi.

Bu isloxotlarning dolzarb yoʼnalishlariga, maʼnan yetuk va yukori malakali insonni yetishtirish uchun barcha vositalarni jalb etish kiradi. Shuning uchun, Oʼzbekistonda oʼqituvchi kasbining vakili – bu yuqori malakali va bilimga ega boʼlgan tajribali mutaxassisdir.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktyabri sanasidagi №PQ-4857 sonli qaroriga asosan mamlakatda А.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filiali tashkil etildi. Bu qarorda maktabgacha taʼlimining barcha tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni yetishtirish, rivojlangan chet el mamlakatlarining oʼquv yurtlari bilan xamkorlik oʼrnatish, taʼlim muassasalarining yuqori malakali kadrlardagi muxtojligini qondirish zaruriyati kabi dolzarb masalalar oʼz ifodasini topgan. 

Bugun esa, А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filialining tantanali ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Ochilish marosimida Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vaziri А.Shin, Rossiya Federatsiyasining Oʼzbekistondagi elchisi O.Malginov, Rossiya taʼlim vazirligining xalqaro hamkorlik va jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi direktorining oʼrinbosari А.Efremov, А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining rektori vazifasini bajaruvchi V. Rabosh, Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirining oʼrinbosari U.Begimqulovlar ishtirok etishdi.

А.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogik universitetining Toshkent shahridagi filiali quyidagi yoʼnalishlar boʼyicha mutaxassislarni tayyorlaydi: 

  • Pedagogik taʼlim ( Bolalarning qoʼshimcha estetik taʼlimi)
  • Psixologiya-pedagogik taʼlim (Maktabgacha taʼlimda)
  • Psixologiya va ijtimoiy pedagogika ( Bolalar psixologiyasi)
  • Maxsus ( defektologik ) taʼlim ( Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika)
  • Psixologiya ( Inson va jamiyat psixologiyasi )
  • Lingvistika (Rus tilini chet tili sifatida oʼkitishning nazariyasi va metodikasi va millatlararo kommunikatsiya) 2021-2022 oʼquv yili kvotasi 405 ta abiturientni talabalar safiga qabul qilishni koʼzda tutmoqda. Ularning 81 tasi davlat byudjeti asosida va 324 nafari toʼlov-shartnoma asosida oʼqishga qabul qilindi.

Shuni taʼkidlash joizki, filial bitiruvchilari nafaqat Oʼzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida, balki bir qator chet el mamlakatlarida xam tan olinadigan davlat namunasidagi diplomni qoʼllariga olishadi.

Filialdagi taʼlim jarayoni xar bir yoʼnalish boʼyicha yetuk va malakali pedagog kadrlarni yetishtirishga qaratilgan. Jumladan:
«Pedagogik taʼlim» (Bolalarning qoʼshimcha estetik taʼlimi) yoʼnalishi bitiruvchilari davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida bolalar bilan ishlashlari, shuningdek, madaniy-maʼrifiy tashkilotlarda va qoʼshimcha taʼlim maskanlarida faoliyat yuritishlari mumkin boʼladi. Universitetni «Psixologiya-pedagogik taʼlim (Maktabgacha taʼlimda)» yoʼnalishini bitirgan mutaxassislar maktabgacha taʼlim muassasalarida psixologlar sifatida, oʼrta taʼlim oʼquv maskanlarida psixologik-pedagogik korrektsiyasi yoʼnalishida ishlay olishadi.

«Psixologiya va ijtimoiy pedagogika» (Bolalar psixologiyasi) bitiruvchilari insonda, xususan, bolalarda psixologik diagnostikani oʼtkazish, bolalar tarbiyasidagi turli oʼzgarishlarni korrektsiyalash, psixologik tadqiqotlarni olib borish faoliyatlarini yurita olishadi.

«Maxsus (defektologik) taʼlim (Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika)» yoʼnalishi bitiruvchilari eshitish va soʼzlash qobiliyatida muammosi bor boʼlgan bolalar bilan ishlashga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida faoliyat yuritib, ular uchun tarbiyachi, surdopedagog, tyutor, va xususan, indvidual oʼqituvchi sifatida ishlashlari mumkin boʼladi. «Psixologiya (Inson va jamiyat psixologiyasi )» yoʼnalishini bitirgan talabalar jamiyatning turli qatlamlarida psixologik sogʼlom fikrlashni shakllantirish, gurux va individual psixologiya soxalarida ishlashlari mumkin boʼladi.
«Lingvistika (Rus tilini chet tili sifatida oʼqitishning nazariyasi va metodikasi va millatlararo kommunikatsiya)» yunalishi taʼlim jarayonini turli millat vakillariga taʼlim berish, ularga rus tilini oʼzlarining tillari xususiyatlaridan kelib chikkan xolda oʼrgatish kabi ishlarni amalga oshirishlari mumkin buladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi

Поделиться