O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Islom taraqqiyot banki tomonidan qator loyihalar doirasida bitimlar imzolandi
2021-09-07 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-5628 sonli “Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilari kengashining yillik anjumanini 2021-yilda O‘zbekistonda o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 31-avgust – 4-sentabr kunlari Toshkent shahrida Islom taraqqiyot bankining 46-yillik anjumani o‘tkazilildi.
O‘zbekiston Respublikasi hamda Islom taraqqiyot banki hamkorligida 20 dan ortiq investisiya loyihalari amalga oshirilgan bo‘lib, hozirda kunda 8 ta loyihalarning amalga oshirilishi davom etmoqda. Mazkur anjumanda Moliya vaziri Timur Ishmetov va Islom taraqqiyot banki prezidenti tomonidan 2 ta loyihalar doirasida qarz va agentlik bitimlari imzolandi.
1)«Qishloq joylarini barqaror rivojlantirish» loyihasi.
Qiymati 200 mln. AQSh dollariga teng loyiha muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib onkologiya tizimi muassasalarini zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar bilan jihozlash mutaxassislarni radiologiya, radioterapiya va yadro tibbiyoti sohasida maxsus o‘qitish, hamda onkologiya xizmatining umumiy salohiyatini oshirish orqali aholining onkologiya sohasidagi zamonaviy tashxislash va davolash usullaridan foydalana olish imkoniyatini yaratish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.
2) «O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II-bosqich) loyihasi. Qiymati 80 mln. AQSh dollariga teng loyihaning asosiy maqsadi etib qishloq aholi punktlarining meʼyoriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha obektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush darajasi hamda madaniyatini yuksaltirish etib belgilangan.
Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi