O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti farmatsevtika sanoatida va Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishadi

2021-09-06 | Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari - Prezident matbuot kotibi  Sherzod Asadov bugun anʼanaviy tarzda o‘tkazgan brifingda davlatimiz rahbari ishtirokida joriy haftada kutilayotgan muhim tadbirlar haqida maʼlumot berdi.

- Bayram kunlari o‘tdi. Endi tadbirlarimiz ko‘payadi, - dedi  Sherzod Asodov. - Jumladan, bugun farmatsevtika sanoatida va Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibiga ko‘ra,  joriy hafta davomida strategik sohalardagi investitsiya loyihalari, «1 million dasturchi» loyihasining ijrosi, Prezident maktablari va ixtisoslashgan maktablar faoliyati bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

«Davlatimiz rahbari Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashishi ham mo‘ljallanmoqda, - dedi davlatimiz rahbarining matbuot kotibi.  - 9-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tadbirkorlar  va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi qurultoyida ishtirok etadi».

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться