O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryoliklarning yana bir asriy orzusi ruyobga chiqmoqda

2021-09-06 | Jamiyat

Sariosiyo tumanidagi "To‘palang" suv omboridan Surxondaryo viloyati aholisini toza ichimli suvi bilan taminlaydigan yirik loyihani boshlashga start berildi.

Shu munosabat bilan viloyat hokimi rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor shaklidagi yig‘ilishda mazkur loyihaning mazmun-mohiyati va ahamiyati atroflicha tushuntirildi.

Unda joylardagi studiyalardan tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari, soha xodimlari, mutaxassislar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ayni paytda voha aholisining 55,4  foizi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Uzoq yillardan buyon   aholining qolgan qismini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash muammosi mavjud edi.  

Prezidentimiz joriy yilning 1-2 iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida mazkur muammoni hal etish uchun   "Tupalang" suv omboridan magistral suv ta’minoti tarmog‘ini yotqizish vazifasini topshirdi.  

Shunga muvofiq o‘zi oquvchi magistral ichimlik suv quvurini qurishning texnik asoslari ishlab chiqildi. Loyihaning dastlabki hisob-kitoblarini tayyorlashga xorijlik tajribali mutaxassislar jalb etildi.

Mazkur loyihaning ishga tushirilishi viloyatning Sariosiyo, Denov, Oltinsoy, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Bandixon, Sherobod, Muzrabot, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on, Termiz va Angor tumanlari hamda Termiz shahridagi 495 mahallada yashovchi 1 million 700  mingdan ortiq  aholini  markazlashgan ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlaydi.

Buning uchun  qiymati  138,1 million dollar mablag‘ evaziga quvvati bir kecha kunduzda 200 ming metr kub bo‘lgan “To‘palang” suv tozalash inshooti qurilib, diametri 426-1420 mm bo‘lgan 361 kilometr o‘zi oquvchi magistral ichimlik suv quvuri tortiladi. Qumqo‘rg‘on va Sherobod tumanlarida ikkita zamonaviy suv bosimini so‘ndirish inshootlari bunyod etiladi.  

Yirik obektni mahalliy "To‘palang Eych Pi Di Platinum" korxonasi bunyod etadi.

Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov, Bosh Vazirning birinchi o‘rinbosari O.Ramatov, senator A.Sanginovlar Sariosiyo tumanida bo‘lib, qurilish ishlarini boshlab berdi.

Sariosiyo, Qumqo‘rg‘on va Sherobod tumanlarida tashkil etilgan qurilish shtabida davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mutaxassislar, quruvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida loyihaning taqdimotlari   o‘tkazildi.  

Manba: O'zA

Поделиться