O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyati hokimi 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini topshirdi

2021-09-06 | Jamiyat

Yangi 2021-2022 o‘quv yili rasman bugun – 6-sentyabr kuni boshlandi.

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Toshkent viloyatida ham umumta’lim maktablari o‘quvchilarni qabul qilmoqda.

Bugun erta tongdan bilim olish ishtiyoqida jonajon ta’lim dargohi tomon yo‘l olgan o‘g‘il-qizlarning yuzlarida o‘zgacha hayajon. Yozgi ta’til ham tugab, yangi bilimlarni egallashni maqsad qilgan yoshlar jonajon sinfxonasi tomon oshiqmoqda.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azamat Kamolov, viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Zuhra Mirgaziyeva Nurafshon shahridagi 57-umumta’lim maktabiga borib, barcha yoshlarni Mustaqilligimizning o‘ttiz yilligi hamda yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. 

Maktab ostonasiga endi qadam qo‘ygan va 1-sinfga qabul qilingan bolajonlarni alohida qutlab, ta’limining inson hayoti davomidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Xususan, Nurafshon shahrida ham "Prezident maktabi" ishga tushirilayotgani viloyatda yoshlarga ta’lim berish sifatini yanada oshirish borasidagi sa’y-harakatlarning yorqin ifodasi ekani aytib o‘tildi. Ustoz-murabbiylarning yangi o‘quv yilidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

Birinchi qo‘ng‘iroq chalindi va sinflarda dars boshlandi. Toshkent viloyati hokimi D.Hidoyatov 1-sinfga qabul qilingan bolajonlarga Prezident sovg‘alarini topshirdi.

Hozir mazkur maktabda 1 ming 200 nafardan ortiq o‘quvchi tahsil olmoqda. Yangi o‘quv yilidan boshlab 114 nafar bolalar 1-sinfga qabul qilindi.

Shundan so‘ng viloyat hokimi 11- sinf o‘quvchilariga "Mustaqillik darsi" ni o‘tdi. Unda O‘zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimiz hayotidagi ahamiyati, tinchlikni ta’minlash, mamlakatimizning jahon miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelayotganini alohida ta’kidladi. Qolaversa, o‘quvchilarga maktab davrida yaxshi o‘qib, vaqtdan unumli foydalanish muhimligi haqida suhbat qilindi. Chet tillarni o‘rganish, kompyuter texnologiyalari va aniq fanlarni chuqur o‘rganish lozimligi alohida qayd etildi.

Viloyat hokimi maktab o‘quvchilari bilan ingliz tilida suhbatlashib, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. O‘quvchilarning savollariga atroflicha javob berdi.

Manba: O'zA

Поделиться