O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori va talabalar o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tdi
2021-08-31 | Ta’lim
Toshkent shahridagi Inha universitetida rektor va talabalar bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Unda talabalar to'g'ridan-to'g'ri turli mavzularda savollar berish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Uchrashuvda 70 dan ortiq talabalar ishtirok etdilar va kadrlarni qayta tayyorlash, dasturlash kurslarini ochish, shuningdek talabalarga ta'lim berish sharoitlarini optimallashtirish kabi savollar bilan murojaat qildilar.
Bundan tashqari, ochiq muloqot paytida talabalar tomonidan bir qancha takliflar ilgari surildi. Xulosa qilib aytganda, universitet rahbariyati va TshIU talabalari bunday uchrashuvlarni "Ochiq muloqot" formatida muntazam o'tkazishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi