O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vatan xizmatida bo‘lish chinakam baxt

2021-08-31 | Jamiyat

Har bir inson ulg‘ayib borar ekan uning orzu-maqsadlari ham o‘sib boradi. Maqsadlar sari tashlangan qadamlar esa kishilarning jamiyatdagi o‘rnini belgilab beradi. Unga erishish – chinakam baxt...

Davlat xizmatchisi sifatida Ona Vatanimga, uning olijanob va tanti xalqiga xizmat qilib, ular bilan birga Yangi O‘zbekiston istiqboli sari qadam tashlayotganim mening baxtimdir.

Mamlakatimiz byudjet tushumlari taʼminlanishida, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shib xalqimizga xizmat qilayotgan davlat soliq xizmati organlarining har bir xodimi ham bunday baxtni o‘zida his etmoqda desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Prezidentimiz arzimas mehnatlarimizni eʼtiborga olib, soliq organlari tizimida mehnat qilayotgan xodimlarimizdan 20 nafarini orden va medallar bilan taqdirladilar.  

Buning uchun shaxsan o‘z nomimdan va butun jamoamiz nomidan Davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildiraman.

Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan berilgan bu yuksak mukofotlar soliq tizimida xalq xizmatiga bel bog‘lagan ko‘p sonli ahil va hamjihat jamoamizning mehnat mahsulidir.

Shunday ulug‘ kunda quvonchimizga sherik bo‘lib, iliq tilaklarini bildirganlarga tashakkur izhor etaman.

Bu eʼtirof va eʼtibor yangicha kuch va g‘ayrat bag‘ishlashi bilan birga, unga munosib bo‘lish masʼuliyatini ham yuklaydi.

Tizimdagi har bir xodim buni his qilib turibdi. Jamoamiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari dadil ildamlab, yangi marralarni zabt etishiga ishonaman.

Fursatdan foydalanib, barcha hamkasblarni, ko‘pmillatli xalqimizni O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etaman!

Barchaga sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar, oilaviy xotirjamlik tilayman!

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

Поделиться