O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TIVda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

2021-08-30 | Siyosat

2021-yil 28-avgust kuni Tashqi ishlar vazirligida “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” va “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlariga munosib deb topilgan TIV tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov tadbirdagi nutqida barchani eng aziz bayram – jonajon Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tabrikladi hamda mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-avgust kunidagi farmoniga binoan, bir guruh yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlandi. 

Mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo‘lib kelayotgan, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni ta’minlashda alohida fidoyilik ko‘rsatayotgan yurtdoshlarimiz orasida vazirlik xodimlarining ham alohida o‘rni borligi ta’kidlandi. 

Davlatimiz rahbarining farmoniga binoan Tashqi ishlar vazirligi, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar, Vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarda mehnat qilayotgan qariyb 180 nafar xodim, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan 27 nafar xorijiy hamkor, shuningdek, yurtimiz ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida faollik ko‘rsatayotgan xorijdagi 45 nafar vatandosh taqdirlandi.

Bundan tashqari Vazirlik tizimida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan, jamoa orasida yuksak hurmat va ehtiromga loyiq ikki nafar diplomat – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev va Konsullik-huquqiy departamenti 1-kotibi Mavludaxon Alimxodjayevaga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni berildi.

Vazir mukofot sohiblarini chin ko‘ngildan qutlab, ushbu e’tirof butun jamoaga yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida yanada samarali mehnat qilish uchun yangidan yangi kuch va g‘ayrat berishiga ishonch bildirdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться