O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Memorandum imzolandi

2021-08-27 | Texnologiyalar

“Toshkent shahridagi Yaponiya raqamli unversiteti” va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining "Axborot-hisoblash markazi" DUK o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori va farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 14-yanvardagi topshirig‘i ijrosini sifatli ta’minlash uchun Axborot-hisoblash markazining yuqori ko‘rsatgichlar va natijalar bilan ishlashini tashkil etish yuzasidan kadrlar masalasini inobatga olgan holda, IT sohasidagi Universitetlarning kadrlar tayyorlash masalasida hissalari yuqori ekanligini va IT sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat siyosatini olib borishda yosh dasturchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ul ekanliklarini inobatga olib va bu vazifalarni amalga oshirishda, jumladan:

        -IT sohasida kadrlarni jalb etish masalalarida hamkorlik qilish;

         -Axborot-hisoblash markazi xodimlarini malakasini oshirish;

        -Zamonaviy kompyuter va server texnologiyalardan foydalanishda yangi dasturiy ta’minotlarni tizimga joriy etish;

        -Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda Moliya tizimi ma’lumotlar bazalarini yanada takomillashtirish va kengaytirish;

         -Moliya tizimini rivojlantirishda “Sun’iy intellekt” texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish kabilardir.    

Yuqoridagilardan kelib chiqib 2021-yil 26-avgust kuni, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi DUK va Toshkent shahridagi YAPONIYA RAQAMLI UNVERSITETI o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Ushbu Memorandumning maqsadi tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli munosabatlarni o‘rnatish, qo‘shma, ilmiy - tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, qo‘shma anjumanlar, seminarlar o‘tkazish, talabalarni o‘qitish jarayonining natijadorligi va amaliy xususiyatini oshirish, axborot texnologiyalari, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, universitet talabalarini keyingi amaliyotiga ko‘maklashish hisoblanadi.     

Unversitet talabalari uchun Tashkilot yetakchi mutaxassislarini jalb etgan holda mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazadi.

Tomonlar axborot texnologiyalari va taʼlim bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlar to‘g‘risidagi axborot, materiallar, dasturiy mahsulotlar va maʼlumotlarni targ‘ib qilish sohasida o‘zaro aloqalarni rivojlantiradilar.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться