O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston-Serbiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlari to‘g‘risida

2021-08-26 | Siyosat

2021-yilning 26-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi va Serbiya Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Serbiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Nemanya Starovich, O‘zbekiston delagatsiyasiga esa Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov boshchilik qildi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi siyosiy-diplomatik muloqotni, shu jumladan, turli darajadagi o‘zaro tashriflar va muzokaralarni tashkil etish orqali faollashtirish zarurligini qayd etdilar.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish nuqtayi nazaridan sohaviy Hukumatlararo komissiyani tuzish, investitsiyalarni jalb qilish va himoya qilish, savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitimlar tuzish, Serbiya kompaniyalarni O‘zbekistonda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Delegatsiyalar madaniy-gumanitar va mintaqalararo aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Shuningdek, ayrim mintaqaviy va xalqaro muammolar, tomonlarning ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro munosabatlari yuzasidan fikr almashildi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Поделиться