O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent viloyatida olib borilgan o‘rganish natijalari muhokama qilindi

2021-08-26 | Siyosat

Senat a’zolari tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumani Nurafshon mahallasi fuqarolarining murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Senatning o‘n sakkizinchi yalpi majlisida mazkur o‘rganish natijalari to‘g‘risida Oliy Majlis yuqori palatasining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi M.Qodirxonova axborot berdi.  

O‘rganish davomida Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani O‘qituvchilar ko‘chasida hamda Toshkent shahrining boshqa hududlarida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer maydonlari olib qo‘yilgan fuqarolarga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-sentyabrdagi 538-sonli qarori bilan Toshkent viloyati, Qibray tumani Do‘rmon qishlog‘i hududidan 28,47 gektar yer maydoni yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun ajratib berilganligi aniqlandi.  

Mulklarni baholatib, kompensatsiya pulini to‘lab berish bo‘yicha murojaat qilgan 10 nafar fuqaroga 5,8 mlrd so‘m mablag‘ Toshkent shahar hokimligi tomonidan to‘liq to‘lab berilganligi ma’lum bo‘ldi.  

Vazirlar Mahkamasining 538-sonli qarori hamda Toshkent viloyati hokimligining 2020-yil 17-sentyabrdagi tegishli qarori ijrosi yuzasidan Qibray tumani Do‘rmon qishlog‘i hududidan ajratilgan 28,47 gektar yer maydonida 402 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi bosh rejasi ishlab chiqilgan.  

Qibray tumani hokimining 2020-yil 31-oktyabrdagi hamda 2020-yil 29-dekabrdagi tegishli qarorlariga asosan mazkur massivdan jami 101 ta yer uchastkasi fuqarolarga yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun ajratilgan.  

Ajratilgan 101 ta yer uchastkasidan bugungi kun holatiga fuqarolar tomonidan 79 ta yer uchastkasiga nisbatan “Yer uchastka kadastr pasporti” shakllantirilgan bo‘lsa, qolgan 22 ta yer uchastkasiga nisbatan kadastr pasporti shaklantirilmagan. 20 ta yer uchastkasida fuqarolar tomonidan qurilish ishlari boshlangan.  

Vazirlar Mahkamasining 538-sonli qarorida Energetika vazirligi, “O‘ztransgaz” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligiga yangi tashkil etilayotgan massivda aholini elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya, aloqa tizimi bilan ta’minlash hamda ichki yo‘llarni qurish bo‘yicha topshiriq berilgan.  

Hudud infrastrukturasini yaxshilash, aholiga doimiy va sifatli kommunal xizmatlarni ko‘rsatish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.  

Mazkur masala ishlar yakuniga yetkazilgunga qadar Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari hamda Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitalari tomonidan nazoratga olinadi va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etiladi. 

Manba: O'zA

Поделиться