O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
DSQ xodimlari CISCO CCNA v.7.0 sertifikatlash kursini tamomladi
2021-08-26 | Jamiyat
DSQ xodimlari zamonaviy telekommunikatsiya uskunalarini boshqarish bo‘yicha malaka oshirishga mo‘ljallangan CISCO CCNA v.7.0 sertifikatlash kursini tamomladi.
Davlat soliq xizmati organlarida raqamlashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
DSQ Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinmoqda. Axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi tubdan yangilanib, elektron xizmatlar ko‘rsatish sifati va hajmi tobora kengaymoqda.
Natijada yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Shu bois, DSQda doimiy ravishda xodimlar malakasini oshirib borishga alohida eʼtibor qaratilgan.
Mutaxassislar kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi yetakchi kompaniyalar tomonidan tashkil etilayotgan maxsus kurslarda muntazam ravishda o‘qitilmoqda.
Jumladan, Davlat soliq qo‘mitasining 12 nafar xodimi tarmoq uskunalarni boshqarish bo‘yicha “CISCO CCNA v.7.0” kursida o‘qib professinoal salohiyatini oshirdi.
Tinglovchilar o‘quv kursi davomida arxitektura, modellar, protokollar va tarmoq elementlari hamda Davlat soliq qo‘mitasi faoliyati va uning ustuvor vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan amaliy tajribalar orttirdi. Kurs yakunida barcha xodimlarga maxsus sertifikatlar berildi. Sertifikatlarni Davlat soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi Alisher Elmuradov topshirdi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi