O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Barcha sharoitlarga ega zamonaviy binolar foydalanishga topshirilmoqda

2021-08-26 | Jamiyat

Mudofaa vazirligining Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan harbiy qismlarining birida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi arafasida zamonaviy targ‘ibot vositalari asosida jihozlangan binolar va dala o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi.

Binolarning tantanali ochilish marosimida Qo‘mondonlik mas'ul ofiserlari, harbiy ma'muriy sektor rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va hamkorlikdagi organ mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqganlar, davlat mustaqilligining 30 yilligi bayrami arafasida harbiy qismda yangi va zamonaviy binolarning foydalanishga topshirilishi quvonarli hol ekanligini aytib, barchani eng ulug‘ va eng aziz bayram bilan samimiy qutladilar.

Ushbu harbiy qism harbiy xizmatchilari o‘z zimmalaridagi sharafli vazifani mas'uliyat bilan ado etib, doim oldingi saflarda bo‘lishiga tilak bildirishdi. 

Harbiy qismda barcha qulayliklarga ega zamonaviy stendlar va mebellar bilan jihozlangan yotoqxona, shtab binosi, qulay va shinam mashg‘ulot xonalariga ega o‘quv binosi va real vaziyatlarga yaqinlashtirilgan sharoitlarda amaliy mashg‘ulotlarni olib borish uchun dala o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi.
 
Shu kuni xizmat faoliyati davomida jangovar va ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlikdan yuksak natijalarga erishgan, yuksak harbiy intizomga ega bir guruh harbiy xizmachilar mudofaa vazirining buyrug‘i bilan navbatdagi unvon, qimmatbaho sovg‘a va boshqa turdagi rag‘batlantirishlar bilan taqdirlandi.
 
Shu bilan birga hamkorlikdagi organlar hamda davlat va jamoat tashkilotlarining vakillariga ham tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться