O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Namangan viloyatidagi IT sohasidagi startaplar moliyalashtiriladi

2021-08-25 | Jamiyat

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “IT-Park” Namangan viloyati filialining oʻquv markaziga tashrif buyurib markazda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Namangan viloyati tajribasi sifatida tashkil etilgan “IT-school” oʻquv markazi yosh dasturchilari robototexnika, dasturlash sohasida erishgan yutuqlarini namoyish etdilar.

Shuningdek, “IT-Park” Namangan viloyati filiali tomonidan Xalqaro raqamli universitet (IDU)ni tashkil etish boʻyicha loyiha taqdimoti tashkil etildi. Vazirlik va mazkur universitet oʻrtasida sunʼiy intellektni loyihalashtirish yoʻnalishida hamkorlik qilish, ushbu yoʻnalishni rivojlantirish boʻyicha takliflar berildi.

Bundan tashqari, maktabgacha taʼlim muassasalarini raqamlashtirish, ota-onalarning farzandlari maktabgacha taʼlim muassasasida kunlik qanday mashgʻulotlar bilan shugʻullanishi, ratsioni borasida maʼlumotlarni onlayn kuzatib borish, maktabgacha taʼlim muassasasini onlayn monitoring qilishga moʻljallangan “Biometrik bogʻcha” (“Aqlli bogʻcha”) dasturi taqdimoti oʻtkazildi. Mazkur loyiha vazirlik tomonidan ijobiy baholanib, ushbu dasturni Namangan viloyatining 10 ta maktabgacha taʼlim muassasasida va respublikaning har bir viloyatida ham 10 tadan muassasada sinov tariqasida ishga tushirilishi uchun startap loyiha sifatida mablagʻ ajratib berilishi taʼkidlandi. Shu bilan birga, “Welcome to Namangan” platformasi va boshqa dasturlar taqdimoti ham namoyish etilib, ushbu loyihalarni ham kelgusida qoʻllab-quvvatlanishi bildirildi.

Tashrif davomida, “IT-Park” rezidenti “United IT club” tomonidan “Temir daftar”dagi yoshlarning 200 nafarini axborot-texnologiyalari sohasida maxsus kurslarda oʻqitish boʻyicha loyihasi taqdimot qilindi. Mazkur loyiha ham startap loyihalar davomida vazirlik tomonidan moliyalashtirilishi va amaliyotga tatbiq etilishi borasida kelishuvga erishildi.

Shuningdek, axborot-texnologiyalari sohasida Namangan viloyatida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlardan kelib chiqib, uzviy hamkorlikni amalga oshirish, bu borada vazirlik tomonidan istiqbolli loyihalarni qoʻllab-quvvatlanishi taʼkidlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Поделиться