O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zkomnazorat hamda Rossiya Federatsiyasi Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari sohasida nazorat bo‘yicha Federal xizmati rahbarlarining muloqoti

2021-08-25 | Siyosat

2021-yil 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha Davlat inspeksiyasi va Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari sohasida nazorat bo‘yicha Federal xizmati (Rossiya Federatsiyasi) rahbarlari, bo‘lim boshliqlari o‘rtasidagi videokonferensaloqa tizimi orqali muloqot amalga oshirildi.

Tadbirda tomonlar o‘zaro hamkorlik ishlarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, aloqa va axborot texnologiyalari sohasida nazorat faoliyatini amalga oshirish, bu yo‘nalishda me’yoriy-huquqiy hujjatlar, standartlar, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqishda o‘zaro tajriba almashish kabi masalalar muhokama qilindi.

Muloqot so‘ngida ikkala idora rahbarlari ham shunday formatda o‘zaro uchrashuvlar, muloqotlarni muntazam ravishda o‘tkazishni kelishib oldi.

2021-yil 22-iyun kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan, mazkur yig‘ilishda O‘zkomnazorat hamda Rossiya Federatsiyasining Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy axborot vositalari sohasida nazorat bo‘yicha Federal xizmati o‘rtasida memorandum imzolangan.

Manba: Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Поделиться