O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston elchisi Quvaytning «San Shine» ommabop teledasturiga bergan intervyusida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar haqida so‘zladi

2021-08-25 | Siyosat

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi nishonlanishi arafasida O‘zbekiston elchisi Bahromjon Aʼloyev Quvaytning «San Shine» («Xayrli tong, Quvayt») tonggi ommabop teledasturiga intervyu berdi.

Ushbu axborot-ko‘ngilochar dastur tomoshabinlarning sevimli va mashhur teleko‘rsatuvlaridan biri bo‘lib, har kuni erta tongda jonli efirga uzatiladi.

O‘zbekiston Prezidentining «Yangi O‘zbekiston» gazetasiga bergan intervyusiga asoslanib, diplomatik missiya rahbari mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi besh yil davomida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida erishilgan muvaffaqiyatlar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Unda 2016 yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani alohida taʼkidlangani holda respublikamizda keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlar amalga oshirilayotganiga urg‘u berildi.

Elchixona rahbari o‘zbek diplomatiyasining mintaqaviy integratsiyani rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlari haqida to‘xtalar ekan, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan joriy yilning 15-16 iyul kunlari Toshkentda yuqori darajadagi «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro anjuman o‘tkazilganini taʼkidladi. Uchrashuvda Afg‘oniston Prezidenti, Pokiston Bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo tashqi ishlar vazirlari, Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi, 44 mamlakat va 30 dan ortiq xalqaro tashkilot delegatsiyalari ishtirok etdi.

Dastur boshlovchilari tomoshabinlar eʼtiborini O‘zbekistonda bo‘lajak muhim siyosiy voqea – Prezident sayloviga qaratdi. Shu munosabat bilan, elchi mamlakat Konstitutsiyasiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartishlarga muvofiq, 24 oktyabr kuni Prezident saylovi o‘tkazilishini maʼlum qildi. Yangi O‘zbekistonda bo‘lajak saylovlar yangi milliy saylov qonunchiligiga muvofiq va umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar va demokratik tamoyillarga muvofiq – ochiq va oshkora tashkil etiladi. O‘tgan besh yil mobaynida mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani, inson huquqlari, so‘z erkinligini taʼminlash va ommaviy axborot vositalari sohalarida ro‘y bergan demokratik o‘zgarishlar alohida o‘rin tutishi qayd etildi. Parlament tizimi va saylov kodeksi takomillashtirildi. Prezident saylovlarida qatnashish uchun o‘z nomzodlarini ko‘rsatgan mamlakatning beshta siyosiy partiyasi o‘z faoliyatini mavjud qonunchilik hujjatlariga va o‘z nizomlariga   asosan amalga oshiradi.

Elchi bu yil bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga ko‘plab xorijiy kuzatuvchilar, jumladan, Quvayt vakillari ham taklif etilishiga eʼtibor qaratdi. Xalqaro kuzatuvchilar tomonidan saylovlarning kuzatilishi saylovlarning demokratiya, ochiqlik va oshkoralik tamoyillariga asoslangan holda o‘tkazilishini jahon hamjamiyatiga namoyish etadi.

Sayyohlik salohiyati, respublikada turizm industriyasini rivojlantirish, shuningdek, o‘zbek xalqining boy tarixi, maʼnaviy, madaniy va ilmiy merosi, Quvayt fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilgani, joriy yilning iyun oyidan boshlab ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz ochilishi haqidagi batafsil maʼlumotlar ham teletomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi. So‘nggi yillarda dunyodagi eng muhim va istiqbolli sayyohlik maskanlaridan biriga aylangan O‘zbekiston koronavirus pandemiyasining og‘ir davrini yengib o‘tgach, chet ellik sayyohlarga o‘z eshiklarini qayta ochgani alohida taʼkidlandi.

Elchi bu yil ikki mamlakat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 27 yilligi nishonlanishi munosabati bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston – Quvayt munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tgan yillar yakunlarini sarhisob qildi. Shu o‘rinda joriy yil iyul oyida bo‘lib o‘tgan Toshkent konferensiyasidagi Quvaytning ishtiroki yuqori darajada bo‘lgani alohida taʼkidlandi. Mazkur anjuman doirasida O‘zbekiston Prezidenti Quvayt Davlati tashqi ishlar vaziri, Vazirlar Mahkamasi ishlari bo‘yicha davlat vaziri shayx Ahmad Nosir al-Muhammad as-Sabohni qabul qildi. Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston-Quvayt munosabatlarini yana-da rivojlantirish uchun «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish va qabul qilish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Suhbat chog‘ida taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligiga ham eʼtibor qaratildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab hukumat tomonidan taʼlim tizimini rivojlantirish va yosh avlodni tarbiyalashga katta eʼtibor qaratilayotgani alohida taʼkidlandi. Bugungi kunda  O‘zbekistonda 30 yoshgacha bo‘lgan bolalar va yoshlar 35 millionli mamlakat aholisining 60 foizini tashkil etadi. 

Manba: “Dunyo” axborot agentligi

Поделиться