O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zkomnazorat rahbariyati Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisida ishtirok etdi

2021-08-24 | Texnologiyalar

2021-yil 24-avgust kuni Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Senat a'zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari, qo‘mita huzuridagi ekspertlar guruhi a'zolari, mutasaddi vazirlik va idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi rahbariyati hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
 
Majlisda Senatning o‘n sakkizinchi yalpi majlisida muhokama qilinishi nazarda tutilgan 6 ta masala (shundan 3 tasi qonun) ko‘rib chiqildi. 
 
Shu bilan birga qonun va qonun osti hujjatlarini yanada tartibga solish, ularda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish yuzasidan 5 ta kodeksga, ya'ni Jinoyat-prosessual, Fuqarolik prosessual, Iqtisodiy prosessual, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda Ma'muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslariga bir qator o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish muhokama etildi.
 
Senatorlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida atroflicha muhokama qilindi.
 
E'tiborlisi, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan texnik vositalarda hamda shaxsga doir ma'lumotlar bazalarining davlat reestrida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan ma'lumotlar bazalarida shaxsiga doir ma'lumotlarni qonunga xilof ravishda olish, qayta ishlash, saqlash, tarqatishga oid talablarga rioya etmaslik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilanayotganligi qayd etib o‘tildi. Mazkur masala bo‘yicha OAV xodimlari hamda majlis ishtirokchilarining savollariga O‘zkomnazorat mas'ullari tomonidan javob hamda tushuntirishlar berildi.
 
Majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan qo‘mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Поделиться