O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Saudiya Arabistoni davlat vaziri bilan uchrashuv
2021-08-24 | Siyosat
2021-yilning 23-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar davlat vaziri Odil al-Jubayr bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Mintaqadagi vaziyat, jumladan, Afg‘onistondagi voqealar rivoji, shuningdek, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro munosabatlari masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Turli darajadagi bo‘lajak qo‘shma tadbirlarning taqvimi va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi