Shu yilning avgust oyida Mudofaa vazirligi miqiyosida “Men g‘olib” shiori ostida 26 ta nominasiya bo‘yicha o‘tkazilgan armiya o‘yinlari nihoyasiga yetdi.
“Chirchiq” dala-o‘quv maydonida ushbu musobaqa g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov, Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov, bir guruh jamoatchilik vakillari hamda Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi.
Ochilish marosimida so‘z olganlar Prezidentimiz boshchiligida mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yurt himoyachilari uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda ularning ko‘rsatayotgan natijalari, xalqaro maydonlardagi samarali yutuqlari haqida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tishdi.
So‘ngra “Tank biatloni”, “Ishonchli qabul”, “Harbiy ralli”, “Tinchlik jangchisi”, “Qo‘shin razvedkasi a'lochisi”, “Artilleriya olovi ustasi”, “Musaffo osmon”, “Armiya taktik otishi”, “Qurolsoz ustasi”, “Xavfsiz muhit”, “Merganlar marrasi”, “Eng ilg‘or AGS hisobi”, “SPG hisobi” kabi nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarni tantanali ravishda taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘ringa Toshkent harbiy okrugi jamoasi, 2-o‘ringa Sharqiy harbiy okrug jamoasi va 3-o‘ringa Toifalangan ob'ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi jamoasi munosib deb topildi. G‘olib va sovrindorlar faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi