O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

USAID bilan hamkorlik kengaymoqda

2021-08-23 | Siyosat

Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev AQSH elchixonasining muvaqqat ishonchli vakili Pol Politis hamda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning mamlakatimizdagi missiyasi direktori Mikaela Meredit bilan uchrashdi.

Vazirlikda bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida tomonlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish dasturi orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga ko‘maklashish uchun o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumining imzolanishi uchrashuvning ahamiyatli qismiga aylandi.

Jamshid Xo‘jayev birinchi navbatda, Pol Politis hamda Mikaela Mereditni O‘zbekistondagi yangi tayinlov bilan qutladi va ularga muvaffaqiyat tiladi.

-   AQSH hukumatining qishloq xo‘jaligiga texnik yordam ko‘rsatish, agro-oziq-ovqat tizimlarining ishlab chiqarish va sotish zanjirlari salohiyatini rivojlantirish borasidagi ko‘magini juda qadrlaymiz, -dedi vazir. - Biz qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvining zamonaviy tizimini va qulay agrobiznes muhitini yaratishga intilmoqdamiz va hozirgi paytda biz O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida tarixiy o‘zgarishlar davrini boshdan kechiryapmiz. Vazirlik O‘zbekistonda agro-oziq-ovqat sohasini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga muvofiq asosiy islohotlarni faol amalga oshirishni boshlab yuborgan.

Shu nuqtai nazardan, USAIDning agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha 18,9 million dollarga baholangan yangi loyihasi (ADA) birgalikdagi tashabbuslarimizni kuchaytirish hamda avvalgi "Qishloq xo‘jaligidagi qo‘shilgan qiymat zanjiri" loyihasi yutuqlarini kengaytirish uchun qulay imkoniyatga aylanadi.

Tadbir davomida USAID O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 1 million dollar ajratishini ma’lum qildi. Ushbu mablag‘lar qishloq ayollarining axborot texnologiyalari borasidagi va tadbirkorlik ko‘nikmalarini takomillashtirish, ularga tijorat korxonalarini ochish va mahalliy korxonalarga rasmiy ishga joylashishlariga ko‘maklashish uchun tasarruf etiladi.

- O‘n yildan ziyod vaqt mobaynida USAID O‘zbekiston hukumati va xususiy sektori bilan yuqori qiymatli tovarlarni yaratish maqsadida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash bo‘yicha hamkorlik qilib kelmoqda, - dedi USAIDning O‘zbekistondagi missiyasi direktori Mikaela Meredit. - Ushbu kelishuv mamlakatda olib borilayotgan hamkorlikdagi faoliyatimizni yanada mustahkamlaydi va o‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga chakana savdoda, mahalliy hamda xalqaro bozorlarga chiqishda raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi.

USAID O‘zbekiston hukumati bilan mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va mintaqaviy savdoni oshirish, salomatlik uchun jiddiy xavf-xatarlar, jumladan, COVID-19 ni bartaraf etish, hukumatning aholi ehtiyojlariga oqilona yondashish salohiyatini oshirish yo‘lida hamkorlik qiladi.

Manba: O'zA

Поделиться