O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar mamlakatiga aylanmoqda

2021-08-23 | Siyosat

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan ilmiy-amaliy konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasida chop etilgan intervyusining mazmun-mohiyatini o‘rganish va keng targ‘ib etishga bag‘ishlandi.

Shahar va tumanlar hokimlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokidagi mazkur tadbirda Namangan viloyati hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Shavkat Abdurazzoqov ma’ruza qilib, davlatimiz rahbarining intervyusida ta’kidlangan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha Namanganda so‘nggi besh yilda bajarilgan ishlarni sarhisob qilib, kelgusidagi muhim vazifalarga to‘xtaldi.

Shu yilning 17-avgust kuni chop etilgan “Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” sarlavhali mazkur intervyuda yurtimizning so‘nggi besh yillikdagi taraqqiyot yo‘li, ichki va tashqi siyosati, bugungi kunning ustuvor vazifalari haqida so‘z yuritilgan. Xususan, “Yangi O‘zbekiston”ning barpo etish g‘oyasi, uning tarixiy asoslari, bu yuksak marraga erishish yo‘lidagi muhim jihatlar, “Uchinchi renesans” poydevorini yaratishda oldimizda turgan vazifalar qayd etilgan.

– Muhtaram Prezidentimiz o‘z intervyusida aholining turmush farovonligini oshirish, milliy iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash sohasini takomillashtirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish, xalqaro hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi, – dedi Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov. – Biz ushbu intervyuning tub mohiyatini anglab yetishimiz, hamyurtlarimizga oxirgi besh yilda mamlakatimizda amalga oshirilgan shiddatli o‘zgarishlar haqida ko‘proq hayotiy misollar bilan tushuntirishimiz lozim. Bu borada ko‘pni ko‘rgan nuroniylar, deputatlar, iqtidorli yoshlar faol bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Zero, bugungi o‘zgarishlar aholining barcha qatlamlari manfaatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgan ekan, o‘zini shu yurt fuqarosi sifatida sanagan har bir kishi islohotlarga daxldorlikni chin qalbdan his qilishi zarur.

Viloyat rahbari o‘z so‘zida, intervyuda qayd etilgan ustuvor yo‘nalishlar haqida to‘xtalarkan, mamlakatimizda aholining ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha joriy etilgan yangicha, o‘xshashi yo‘q tizimning viloyatdagi samaralariga to‘xtaldi. Ya’ni, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Mahallabay” va “Xonadonbay” ishlash usuli minglab ijtimoiy himoyaga muhtoj yurtdoshlarimiz dardu muammolariga darmon bo‘ldi. 2020-yilning oktyabr-dekabr oylarida o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, 35 275 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilib, bugungi kunga qadar ularning 34911 nafariga, boshqacha aytganda 98 foizidan ortig‘iga amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, “Temir daftar”ga o‘tgan yili 34761 ta oila kiritilib, bu daftardagi kambag‘al va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash natijasida joriy yil boshida 29711 ta oila ushbu ro‘yxatdan chiqarildi. Hozirga vaqtga qadar esa 4366 ta oila ham mazkur daftardan chiqarildi. 

Namangan viloyatida 22 ta qishloq va 4 ta mahalla “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilib, ularning bosh rejalari ishlab chiqilgan. Dasturlar doirasida 2 trillion 304 milliard so‘mlik bunyodkorlik ishlari bajarilmoqda. Bu tanlab olingan qishloq va mahallalarda 17 ming 221 ta xonadon mavjud, ularda istiqomat qiladigan 88 ming 136 nafar aholining yashash sharoitlari yaxshilanadi, mahallasiga, ko‘chasiga obodlik va taraqqiyot kirib borishiga xizmat qiladi. Bu ezgu ishlarning barchasi “mahallabay” ishlash tizimining natijasidir.

Namangan iqtisodiyotining "drayveri", ya’ni o‘sish nuqtasi hisoblangan kichik sanoat zonalari infratuzilmalari uchun 50 million AQSH dollari (613 milliard so‘m) miqdoridagi mablag‘ ajratilganini bildirdi. Ushbu pullar viloyatdagi 72 ta kichik sanoat zonasida tadbirkorlarning 1085 ta loyihalarini elektr, yo‘l, suv, oqava kabi tarmoqlariga sarflanadi.

Anjumanda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi raisi, shoir Ziyoviddin Mansurov, Chortoq tumanidagi Damariq mahallasining nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdullajon O‘rinboyev, Namangan davlat universiteti doktoranti Hojiakbar Mutalov, Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchisi Dilobar Mahmudova, Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Odiljon Mamatkarimov, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan viloyati filiali direktori, tibbiyot fanlari nomzodi, O‘zLiDeP viloyat kengashi raisi, deputat Solijon Mo‘minov, O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyadagi vakili Abdulhay Tursunov va boshqalar o‘z mulohazalarini bildirdi.  

Prezidentimizning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan suhbatida ilgari surilgan g‘oyalar, barcha jabhalarda olib borilayotgan amaliy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha oldimizga qo‘yilgan vazifalar har birimiz uchun dasturilamal vazifa bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.

Manba: O'zA

Поделиться