O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bayramga munosib tuhfa

2021-08-20 | Madaniyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 30 yilligi arafasida Mudofaa vazirligining Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan harbiy qismlaridan birida zamonaviy targ‘ibot vositalari asosida jihozlangan va yangidan qurib bitkazilgan binolarning foydalanishga topshirilishi hamda o‘quvchi yoshlarga mudofaa vaziri sovg‘asini tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbirda jamoatchilik kengashi a'zolari, faxriylar hamda hamkorlikdagi davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.
 
Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, o‘quv binosi, askarlar yotoqxonasi, oshxona, panoramali o‘q otish sinfi, “Yoshlar burchagi”, “Oila burchagi”, “Besh muhim tashabbus” va “Nuroniylar burchagi” kabi ob'ektlar bilan tanishib, boy taa'ssurotga ega bo‘lishdi.
 
Shu kuni harbiy qismga yangi Isuzu yuk avtomobili va 500 dona kitob tantanali ravishda topshirildi.
Karmana tumanida joylashgan harbiylashtirilgan “Qalqon-jasorat maktabi” faol o‘quvchilariga mudofaa vazirining sovg‘asi va badiiy kitoblar to‘plami tantanali ravishda topshirildi.
 
Bundan tashqari, mehmonlar Navoiy shahrida joylashgan 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabda tashkil etilgan Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur sinflari bilan tanishish jarayonida 200 dona badiiy va ilmiy ommabop kitoblar sovg‘a tariqasida topshirildi. Albatta, bu kabi tadbirlar xalq va armiya yakdilligini ta'minlash bilan birga yosh avlodni ona yurtga sadoqat va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Поделиться