O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Avtomobil transportida yuk tashuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

2021-08-20 | Hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Avtomobil transportida yuk tashuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining avtotransport vositalari parkini yanada yangilash va modernizatsiya qilish, mahalliy yuk tashuvchilar uchun qulay raqobat muhitini yaratish, shuningdek, avtomobilda xalqaro tashuvlar sohasini rivojlantirishning ijobiy tendensiyasini saqlab qolish maqsadida:

1. Yuk tashish uchun mo‘ljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transport vositalarini 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda ularga bojxona bojining, utilizatsiya yig‘imining va avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun avtotransport yig‘imlarining nol stavkalari qo‘llanilsin:

“Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransport vositalari (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvallardan tashqari);

tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39).

2. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transport vositalari 2025-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasiga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinsin:

“Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransport vositalari;

avtomobil transportida yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarimtirkamalar.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.

Belgilansinki, mazkur qarorga ilovaning 2-bandi “b” kichik bandi hamda 3-bandi “v” kichik bandi u rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

4. Mazkur qarorning ijrosini tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

        Prezidenti                 Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2021-yil 19-avgust

Manba: O'zA

Поделиться