O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining “ Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida ”gi buyruq loyihasi ishlab chiqildi

2021-08-20 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining “Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyruq loyihasi normativ-huquqiy xujjatlar loyihalari muhokamasi portali regulation.gov.uz portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun chiqarildi (ID 48892).

Mazkur buyruq loyihasiga ko‘ra:

1. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning tarkibiga jamoatchilik vakillari kiritilishi va mazkur tarkib O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi shuningdek, komissiyaning ishchi organining vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshirilishi taklif etilmoqda.

2. “Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 1—9-bandlarga, 16—21-bandlarga, 14, 27, va 29-bandlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.

Hususan, maxsus axborot portalidan foydalangan holda ishtirokchilarning reytingini o‘rganish asosida ularni uch oydan olti oygacha bo‘lgan muddatga xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlashtirish taklifini Komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritilishi nazarda tutilmoqda.

 “Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi buyruq loyihasi bilan quyidagi elektron manzilda batafsil tanishib o‘z takliflaringizni qoldirishingiz mumkin.

 https://regulation.gov.uz/oz/d/48892

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться